Eronda 10 asrlik tarixga ega bo’lgan Tebriz bozorida yong'in ro'y berdi

2010 yili UNESCO dunyo meros ro’yxatiga kiritilgan Tebriz bozorida mahalliy vaqt bilan soat 22:00da boshlangan yong’in taxminan 8 soat davom etgan.

1198051
Eronda 10 asrlik tarixga ega bo’lgan Tebriz bozorida yong'in ro'y berdi

 

Eronning Tebriz shahrida joylashgan tarixiy bozorda yong’in sodir bo’ldi.

Yong’in oqibatida 29 kishi jarohatlandi, 100dan ortiq do’kon harobaga aylandi.

Bu haqda ISNA xabar agentligi ma’lum qildi.

Xabarga ko’ra, Tebriz Tibbiyot fakulteti tez yordam bo’limi rahbari Farxod Rahmoniy Tebriz bozorida tunda sodir bo’lgan yong’inda 29 kishi jarohatlanganligini ma’lum qilgan. Bulardan 19 nafari o’t o’chirish xizmati xodimlari.

Tebriz dunyo merosi ma’lumotlar bazasi rahbari Husayin Ismoiliy Sengeriy ma’lum qilishicha, mahalliy vaqt bilan soat 22:00da boshlangan yong’in taxminan 8 soat davom etgan.

Uning so’zlariga ko’ra, yong’inda 100dan ortiq do’kon zarar ko’rgan.

O’t o’chirish xizmati xodimi Seyamek Navro’ziy ma’lum qilishicha, yong’in avvalo sartaroshxona mahsulotlari sotiladigan do’konlardan birida ro’y bergan. So’ngra kuchli portlash yuzaga kelgan.

Taxminan 10 asrlik tarixga ega bo’lgan Tebriz bozori dunyoning eng katta yopiq bozori hisoblanadi.

2010 yilda UNESCO dunyo meros ro’yxatiga kiritilgan bozorda 5000 ta do’kon va magazinlar mavjud.

Tebriz shahrining ramziga aylangan bozor Eronning eng mohir duradgorlari tomonidan ishlangan xilma-xil bezaklar va tashqi memoriy xususiyatlari bilan ajralib turadi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Tebriz , #bozor , #yong'in , #UNESCO

Aloqador xabarlar