Rossiyaning Krasnoyarsk o’lkasida “Boeing 737” samolyoti uchish-qo'nish yo'lagidan chiqib ketgan

“NordStar” kompaniyasiga oid bo’lgan “Boeing 737” samolyotining bortida 100 nafar yo’lovchi bo’lgan. Halokatda qurbonlarning yo’qligi aytilmoqda.

1195874
Rossiyaning Krasnoyarsk o’lkasida “Boeing 737” samolyoti uchish-qo'nish yo'lagidan chiqib ketgan

 

Rossiyaning Krasnoyarsk o’lkasida joylashgan Norilsk shahrida yo’lovchi samolyoti aeroportga qo’nish jarayonida fojiaga uchragan.

Rossiya matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko’ra, Krasnoyarsk-Norilsk reysini amalga oshirgan samolyot aeroportga qo’nayotgan paytda uchish-qo'nish yo'lagidan chiqib ketgan.

“NordStar” kompaniyasiga oid bo’lgan “Boeing 737” samolyotining bortida 100 nafar yo’lovchi bo’lgan. Halokatda qurbonlarning yo’qligi aytilmoqda.

Eslatish joizki, kecha 5 may kuni Moskvadan Murmanskka yo’nalayotgan samolyot parvozni boshlagandan 28 daqiqa o‘tib “Sheremetevo” aeroportiga favqulodda qaytib, keskin qo‘nishni amalga oshirgan.

Samolyot qo‘nganda uning dvigatellari yona boshlagan. 

Aviahalokatda 41 yo’lovchi halok bo’lgan edi.

 



Aloqador xabarlar