Nikolas Maduro harbiylarni mamlakatni himoya qilishga tayyor turishga chaqirdi

"Agarda kuni kelib, Amerika imperiyasi bu muqaddas zaminga bostirib kirishga haddi sig‘adigan bo‘lsa, vatanimizni himoya qilish uchun qo’limizda qurollar bilan tayyor turishimiz shart",-dedi Nikolas Maduro.

1195200
Nikolas Maduro harbiylarni mamlakatni himoya qilishga tayyor turishga chaqirdi

 

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh bostirib kiradigan bo‘lsa harbiylarni mamlakatni himoya qilishga tayyor turishga chaqirdi.

"Agarda kuni kelib, Amerika imperiyasi bu muqaddas zaminga bostirib kirishga haddi sig‘adigan bo‘lsa, vatanimizni himoya qilish uchun qo’limizda qurollar bilan tayyor turishimiz shart",-dedi Nikolas Maduro.

Maduro Venesuela mudofaa vaziri Vladimir Padrino Lopez hamrohligida Koxedes shtatidagi “G/J Xose Laurencio Silva” harbiy ta’lim markazida bo’ldi.

Harbiy ta’lim markazidagi harbiylar bilan uchrashgan Maduro: “Biz ojiz va mahrum davlat emasmiz. Biz kuchli milliy Bo’livarchi Qurolli kuchlariga ega bo’lgan davlatmiz. Kundan kunga yana ham birdam va sodiq bo’lishimiz kerak”,-dedi.

Maduroning ta’kidlashicha, AQSh Venesuelaning tabiiy boyliklarini qo’lga kiritmoqchi.

“AQShning vatanimizni kuchsizlashtirish uchun ichki nizo keltirib chiqarish niyati bor. Bir guruh isyonchi hoinlar bilan qurolli kuchlarimizni yo’q qilish uchun katta pul sarflab, tuzoq qurdilar”,-deydi mamlakat prezidenti.

Shu bilan birga, Nikolas Maduro qurolli kuchlarning o’z vataniga sodiq ekanligiga ishonchi komil ekanligini ta’kidladi.

“Sizlarga to’liq ishonaman. Bir guruh hoinning qilmishi Bolivarchi milliy qurolli kuchlarimiz sha’niga dog’ tushura olmaydi. Doimo qo’mondon Hugo Chavezga sodiq bo’lishimiz kerak. Agarda, kuni kelib Amerika imperiyasi bu muqaddas zaminga tajovuz qiladigan bo’lsa, harbiylar mamlakatni qo‘lda qurol bilan himoya qilishga tayyor turishlari shart",-dedi Nikolas Maduro.

 


Tanlangan kalimalar: #Venesuela , #Nikolas Maduro , #AQSh

Aloqador xabarlar