Maduro:"Venesueladagi harbiy isyon Oq uydan turib boshqarildi"

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakatda sodir etilgan harbiy isyonni AQShning shaxsan o’zi rejalashtirganligini ma’lum qildi.

1193645
Maduro:"Venesueladagi harbiy isyon Oq uydan turib boshqarildi"

 

 

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakatda sodir etilgan harbiy isyonni AQShning shaxsan o’zi rejalashtirganligini ma’lum qildi.

“To’ntarishga urinish shaxsan Oq uydan milliy xavfsizlik maslahatchisi John Bolton tomonidan boshqarildi”,-deydi Nikolas Maduro.

Prezident Maduro poytaxt Karakasda prezidentlik saroyi oldidagi Sukre bulvarida 1 May mehnatkashlar bayrami munosabati bilan o’tkazilgan mitingda xalqqa murojaat qildi.

“Mehnatkash xalqim! 1 may qahramon ishchilar kunida tashqi kuchlarning isyoni bostirildi. Bugun, 1 may kuni o’tkazilayotgan miting Venesuela xalqining qanday bo’lmasin o’z vatanini himoya qilishini ko’rsatadi. Buyuk qo’mondon Hugo Chavezni to’ntara olmadilar va bizni ham to’ntara olmadilar. Bundan keyin ham to’ntara olmaydilar”,-deb aytgan Venesuela prezidenti Nikolas Maduro.

Prezidentning qat’iy ta’kidlashicha, Venesueladagi to’ntarishga urinishda AQShning qo’li bor.

“Yevropada nashr qilingan gazetalardan biri kecha Donald Tramp va John Bolton tong otmasdan harbiy isyonning barcha operatsiyalarini uyushtirganligini yozdi. Chili, Braziliya, Argentina va Kolumbiya hukumatlariga qo’ng’iroq qilib ularni qo’llab quvvatlashini talab qilgan. Kecha sodir etilgan to’ntarishga urinish shaxsan Oq uydan, John Bolton tomonidan boshqarildi”,-dedi Maduro.

Shu bilan birga, “Rossiya Maduroni mamlakatni tashlab qochishdan qaytardi”,-degan iddaolar AQShning uydirmasi ekanligini va haqiqatdan yiroq ekanligini ta’kidladi.

 

 



Aloqador xabarlar