Venesuela TIV Jorge Arreaza Prezident Erdo’g’anga minnatdrochilik bildirdi

Venesuela Tashqi ishlar vaziri Jorge Arreaza Prezident Erdo’g’anga minnatdrochilik bildirdi.

1193253
Venesuela TIV Jorge Arreaza Prezident Erdo’g’anga minnatdrochilik bildirdi

Venesuela Tashqi ishlar vaziri Jorge Arreaza yurtidagi to’ntarish tashabbusiga qarshi ko’rsatgan, “qarorli va ochiq-oydin qo’llab-quvvatlashi yuzasidan” Prezident Erdo’g’anga minnatdrochilik bildirdi.

Tashqi ishlar vaziri Jorge Arreaza ijtimoiy tarmoq orqali Prezident Erdo’g’anning Venesueladagi to’ntarish tashabbusini qoralagan postini o’z kuzatuvchilari bilan bo’lishdi.

Arreaza Erdo’g’anning mazkur posti uchun minnatdorchilik ham bildirar ekan u bu haqida,

“Prezident Erdo’g’anga xalqaro huquq va tinchlikni qarorli va ochiq-oydin qo’llab-quvvatlagani va Venesueladagi demokratiyaga bo’lgan hurmati uchun minnatdorchilik bildiraman” degan ifodalarga o’rin berdi.

Prezident Erdo’g’an ijtimoiy tarmoq Twitterda Venesueladagi to’ntarish tashabbusi haqida qoldirgan postida,

“Venesulega postmodern kolonial gubernator tayin qilishga harakat qilganlar bir mamlakatning qanday boshqarilishini faqatgina demokratik saylovlarning natijasi aniqlashini bilib qoysin” degan ifodalarga o’rin bergandi.

Prezident Erdo’g’an shuningdek,

“To’ntarishlarga qarshi kurashgan, to’ntarishlar yaratgan salbiy natijalarni boshdan kechirgan bir davlat sifatida Venesueladagi to’ntarish tashabbusini qoralaymiz. Shunday ekan butun dunyo Venesuela xalqining demokratik tanlovini hurmat qilishga majbur” degandi.

 



Aloqador xabarlar