Zalmay Xalilzod:"“Tolibon” bilan yarashgan holda Afg’onistonda urushga barham topib bo'lmaydi"

Zalmay Xalilzodning ta’kidlashicha, Amerika Qo‘shma Shtatlarining niyati Afg‘onistondan chiqish emas, balki u yerda tinchlik o’rnatishdir.

1191555
Zalmay Xalilzod:"“Tolibon” bilan yarashgan holda Afg’onistonda urushga barham topib bo'lmaydi"

 

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Afg‘onistondagi maxsus vakili Zalmay Xalilzod Afg’onistonda tinchlikni ta’minlash uchun xalqaro kelishuv yo’lga qo’yilgan bo’lsa-da, mintaqaviy kelishuv hamon o'rnatilmaganligini ma’lum qildi.

Zalmay Xalilzod xususiy telekanalga bergan intervyusida Afg’onistonda barqarorlik o‘rnatilishi bo’yicha Yevropa, Xitoy, Rossiya va AQSh o’rtasida kelishuv tuzilganligini va bu katta umid paydo qilganligini ta’kidladi.

Uning so’zlariga ko’ra, “Tolibon” harakati bilan tinchlik muzokaralarida oz bo’lsa ham siljish kuzatildi. “Tolibon” bilan yaqinda tinchlik xususida kelishib olish mumkin.

Xalilzod mamlakatda barqarorlik o’rnatish uchun xalqaro kelishuv yo’lga qo’yilgan bo’lishiga qaramay, mintaqada o’zaro hamjihatlik hamon ta’minlanmaganligiga diqqat qaratdi.

““Tolibon” bilan yarashish Afg’onistonda urush tugaydi degani emas”,-dedi u.

Uning ta’kidlashicha, Amerika Qo‘shma Shtatlarining niyati Afg‘onistondan chiqish emas, balki u yerda tinchlik o’rnatishdir.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Zalmay Xalilzod , #AQSh , #Tolibon

Aloqador xabarlar