Afg’oniston g’arbida “Tolibon” jangarilari politsiya nazorat uchastkasiga hujum qildi

Hujumda 8 nafar politsiya xodimi halok bo’lgan, 5 nafari yaralangan.

1191216
Afg’oniston g’arbida “Tolibon” jangarilari politsiya nazorat uchastkasiga hujum qildi

 

 

Afg’oniston g’arbida joylashgan G’or viloyatida “Tolibon” jangarilari politsiya nazorat uchastkasiga hujum qildi.

Hujumda 8 nafar politsiya xodimi halok bo’lgan, 5 nafari yaralangan.

Bu haqda G’or meri o’rinbosari Habibulloh Radmanish ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, “Tolibon” jangarilari G’or viloyati Band Bayan tumanidagi politsiya nazorat uchastkasiga hujum qilgan. Hujum vaqtida bino “Tolibon” tomonidan ishg’ol qilingan.

Otishmalarda ko’plab “Tolibon” jangarilari o’ldirilgan.

“Tolibon” harakati hujum haqida biron izoh bildirmadi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Tolibon , #hujum

Aloqador xabarlar