Shri Lankada 23 aprel "milliy motam kuni" deb e’lon qilindi

Shri Lanka davlat rahbari Maytripala Sirisena portlashlarda ko’plab begunoh insonlarning halok bo’lganligi munosabati bilan mamlakatda 23 aprelni "milliy motam kuni" deb e’lon qildi.

1188388
Shri Lankada 23 aprel "milliy motam kuni" deb e’lon qilindi

 

 

Shri Lanka davlat rahbari Maytripala Sirisena Pasxa bayrami vaqtida cherkovlarda va mehmonxonalarda sodir etilgan portlashlarda ko’plab begunoh insonlarning halok bo’lganligi munosabati bilan mamlakatda 23 aprelni milliy motam kuni deb e’lon qildi.

Prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Shri Lanka davlat rahbari Maytripala Sirisena xalqaro yordam safarbarligini yo’lga qo’yish uchun xorijlik diplomatlar bilan uchrashadi.

Mamlakat miqyosida medya aloqa tarmoqlari Facebook, Instagram va WhatsApp kanallari terakt bilan bog’liq tekshiruvlar yakunlanguniga qadar to’xtatildi.

Avvalroq, Shri Lanka davlat rahbari o’z bayonotida qurolli kuchlarga teraktlarga aloqadorlikda gumon qilingan shubhali shaxslarni darhol qo’lga olish va hibsga olish bo’yicha favqulodda buyruq berilganligini ma’lum qilgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Shri Lanka , #milliy motam , #terakt

Aloqador xabarlar