Shri Lankada sodir etilgan portlashlarda qurbonlar soni 310 kishiga yetdi

Hozirda teraktlarga aloqadorlikda gumon qilingan 40 kishi hibsga olingan.

1188362
Shri Lankada sodir etilgan portlashlarda qurbonlar soni 310 kishiga yetdi

21 aprel yakshanba kuni Shri Lankada Pasxa bayrami vaqtida cherkovlarda va mehmonxonalarda sodir etilgan 8ta portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 310 nafarga yetdi.

Daily Mirror gazetasining politsiya boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib bergan xabariga ko’ra, yakshanba kuni Pasxa bayrami vaqtida cherkovlarda va mehmonxonalarda sodir etilgan portlashlarda qurbonlar soni ortdi.

Xabarda yozilishicha, portlashlarda halok bo’lganlar soni 290 dan 310 kishiga yetgan.

Hozirda teraktlarga aloqadorlikda gumon qilingan 40 kishi hibsga olingan.

Qo‘lga olinganlar mahalliy aholi vakillari bo‘lib, hozirda ularning “chet el bilan aloqalari” tekshirilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Shri Lanka , #terakt , #portlash

Aloqador xabarlar