Afg‘oniston oliy sudi Ashraf G‘anining vakolati muddatini uzaytirdi

Afg‘oniston oliy sudi prezidentlik saylovini o‘tkazish sentyabrga ko‘chirilgani munosabati bilan amaldagi prezident Ashraf G‘anining vakolati muddatini uzaytirdi.

1187619

Ma’lumotga ko’ra, 22 may kuni Ashraf G‘anining vakolat muddati tugaydi. Shu sababli uning prezidentlik vazifasi yangi davlat rahbari saylanguniga qadar davom etadi.

Afg‘onistonda prezidentlik saylovlari 28 sentyabrda o’tkaziladi.

Eslatma: Mamlakatning amaldagi prezidenti Ashraf G‘ani 2014 yil 14 iyunda prezident etib saylangan va 29 sentyabrdan lavozimini bajarishga kirishgan edi.

Aloqador xabarlar