Portugaliyadagi halokatda 29 nafar germaniyalik sayyoh jon berdi

Portugaliyaning Madeira orolida germaniyalik sayyohlarni olib ketayotgan avtobusning halokatga uchrashi oqibatida 29 kishi jon berdi.

1185522
Portugaliyadagi halokatda 29 nafar germaniyalik sayyoh jon berdi

Portugaliyaning Madeira orolida germaniyalik sayyohlarni olib ketayotgan turistik avtobusning qiyalikdan pastga yumalab ketishi oqibatida 29 kishi jon berdi.

Portugaliya ommaviy axborot vositasi tomonidan mahalliy manbaalarga tayangan holda tarqatilgan ma’lumotga ko’ra Janicho shahrida, germaniyalik sayyohlarni olib ketayotgan avtobus haydovchisi nazoratni qo’ldan chiqargan va oqibatida avtobus qiyalikdan pastga qulab, bir uyning ustiga tushgan.

Santa Cruz shahri meri Filipe Sousa, “RTP3” telekanaliga bergan bayonotida mazkur baxtsiz hodisada jon berganlardan 11 nafarining erkak kishi, 18 nafarining esa ayol kishi ekanligini qayd etdi. Portugaliyalik haydovchi bilan gidning yengil tan jarohati olganligini o’z so’ziga ilova etdi.

Portugaliya Prezidenti Marcelo Rebelo de Sousaning voqea ortidan Madeira oroliga borganligi ma’lum bo’ldi.

Madeira orolida 2005-yili yuz bergan avto halokatda ham 5 nafar italiyalik sayyoh jon bergandi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar