Lavrov:"Ostona uchrashuvi Suriya inqiroziga barham berishga zamin yaratadi"

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Suriya inqiroziga siyosiy muzokaralar yo‘li bilan barham berishga bag‘ishlangan Ostona uchrashuvi Suriya inqirozini hal qilish uchun eng muqobil mexanizm ekanligini ma’lum qildi.

1185164

Lavrov Serbiya tashqi ishlar vaziri Ivika Dajij bilan Moskvada bo’lib o’tgan uchrashuvidan so’ng, matbuot anjumani o’tkazdi.

Anjumanda so’zga chiqqan Lavrov: “Suriya konstitutsiya qo’mitasi faqatgina suriyaliklar tomonidan tashkil qilinishi kerak. Bu qo’mita Suriyada yaqin kunlarda tashkil qilinishi kerak. Zonadagi vaziyat menga ta’sir qilmaydi. U yerda vaziyat barqaror”,-dedi.

Turkiya va Rossiya o’rtasida tuzilgan shartnoma asosida, Idlibdagi terror inqirozi bartaraf etilishi kerakligiga e’tibor qaratgan Lavrov: “Terroristlar u yerda abadiy qola olmaydi”,-dedi.

Uning ta’kidlashicha, Suriya shimoli sharqida Firot daryosining bo’yidagi muammolarni hal qilish uchun rejim mamlakat hududlaridagi nazoratni takror o’z qo’liga olishi kerak. Kurdlar bilan muloqot va Turkiyaning manfaatlariga mos ravishda Suriya chegarasida xavfsizlikni ta’minlash eng ustuvor vazifalardan biridir.

Aloqador xabarlar