Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Turkiyaga tashrif buyurdi

Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif poytaxt Ankaradagi “Esenbo’g’a” aeroportida Eron davlat televideniyesiga intervyu berdi.

1184949
Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Turkiyaga tashrif buyurdi

 

 

Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Turkiyaga tashrif buyurdi.

Zarif poytaxt Ankaradagi “Esenbo’g’a” aeroportida Eron davlat televideniyesiga intervyu berdi.

“Turkiya hukumati vakillari bilan o’zaro munosabatlarimizni ko’zdan kechirish maqsadida Ankaraga keldim. Ayni vaqtda mintaqaviy masalalar va Afrika shimolidagi o’zgarishlarni ham muhokama qilamiz”,-dedi Eron tashqi ishlar vaziri.

“Turkiya bilan juda samimiy, iliq munosabatdamiz”,-deya ta’kidlagan Zarif, ikki davlat o’rtasidagi siyosiy va iqtisodiy masalalarda prezidentlar tomonidan olingan qarorlarni tashqi ishlar vazirlari sifatida amalga oshirish mas’uliyatiga ega ekanligini aytib o’tdi.

“Turkiyaga shu bilan 1 oy ichida ikkinchi marta kelishim”,-deydi u.

Suriyadagi o’zgarishlarga ham qisqacha to’xtalib o’tgan Eron tashqi ishlar vaziri: “Suriyadagi inqirozni mintaqa davlatlari o’rtasidagi o’zaro muzokaralar vositasida bartaraf etishni xohlaymiz. Mintaqaviy muammolarni hal qilishga hissamizni qo’shishdan umidvormiz”,-dedi.

Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif kecha amalga oshirgan Suriyaga tashrifi haqida, “Firot daryosining sharqi va Idlib bilan Suriyadagi harbiy kuchlarni mamlakatdan chiqarish bilan bog’liq o’ta muhim muzokaralarni amalga oshirdik”,-dedi.

Eslatma: Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif kecha, 16 aprel seshanba kuni Suriya rejimi yetakchisi Beshar Asad bilan uchrashish maqsadida Damashqqa safar qilgandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Muhammad Javod Zarif , #Turkiya , #Suriya

Aloqador xabarlar