IHT:"Fransiya xalqining qayg'usiga sherikmiz..."

Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) va Misrdagi “Al Azhar” islom universiteti rahbariyati Parijdagi Notr-Dam cherkovida sodir bo’lgan hodisadan chuqur iztirobda ekanligini ma’lum qildi.

1184763

Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Yusuf bin Ahmad al-Useyminning bu haqdagi bayonotida, yong’in oqibatida Notr-Dam cherkoviga katta ziyon yetganligidan chuqur iztirobda ekanligi qayd etildi.

“Mamlakatning eng muhim turistik ziyoratgohlaridan biri bo’lgan va UNESCO tomonidan dunyo meros ro’yxatiga kiritilgan Notr-Dam cherkoviga ziyon yetganligi munosabati bilan Fransiya hukumati va xalqining, qolaversa barcha xristianlarning qayg’usiga sherikmiz”,-deyiladi bayonotda.

“Al Azhar” shayhi Ahmad at-Toyyib tarixiy cherkovning yong’inda zarar ko’rganligidan qayg’uda ekanligini bildirib, “Qalbimiz Parijdagi qardoshlarimiz bilan birga”,-dedi.

Aloqador xabarlar