Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Suriyaga tashrif buyurdi

Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif tashrif doirasida Suriya rejimi yetakchisi Beshar Asad bilan uchrashadi.

1184151
Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Suriyaga tashrif buyurdi

 

 

Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Suriya rejimi yetakchisi Beshar Asad bilan uchrashish maqsadida Damashqqa safar qildi.

IRNA rasmiy xabar agentligi ma’lum qilishicha, Beshar Asadning taklifiga binoan Suriya poytaxti Damashqqa tashrif buyurgan Eron tashqi ishlar vaziri aeroportda Suriya tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Faysal Mikdad tomonidan kutib olindi.

Aeroportda matbuotga intervyu bergan Muhammad Javod Zarif: “Mintaqaviy va xalqaro masalalar bo’yicha fikr almashish va ikki davlat o’rtasida imzolangan shartnomalarning amalda ijro etilishini ta’minlash uchun Suriyaga keldim. Xuddi shu maqsad bilan Turkiyaga ham ziyorat amalga oshiraman”,-dedi.

Ma’lumotga ko’ra, Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif tashrif doirasida Suriya rejimi yetakchisi Beshar Asad bilan ham uchrashishi rejalangan.

Eron tashqi ishlar vaziri Suriyaga tashrifini yakunlab, Turkiyaga safar qilishi kutilmoqda.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Eron , #Muhammad Javod Zarif

Aloqador xabarlar