Xitoy:"AQSh Lotin Amerikani shaxsiy mulki deb o'ylaydi shekilli..."

Xitoy tashqi ishlar vazirligi xodimi Lu Kang AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning Xitoyning Venesueladagi ro'lini tanqid qilganligiga keskin javob berdi.

1183817
Xitoy:"AQSh Lotin Amerikani shaxsiy mulki deb o'ylaydi shekilli..."

Xitoy AQShni Lotin Amerikaga nisbatan o’z mulkidek muomala qilganlikda aybladi.

Xitoy tashqi ishlar vazirligi xodimi Lu Kang AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning Xitoyning Venesueladagi ro'lini tanqid qilganligiga keskin javob berdi.

Lu Kangning ta’kidlashicha, Pompeoning tanqidlariga asos yo’q, Amerika Xitoy bilan Lotin Amerika davlatlarining orasini buzmoqchi.

Shu bilan birga, u AQShni har doimgidek boshqa davlatlarda siyosiy kuchni tahdid etish, hatto hukumatlarni to’ntarish uchun Lotin Amerikaga shaxsiy mulkidek muomala qilganlikda aybladi.

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo o’tgan hafta Xitoyning Venesuela prezidenti Nikolas Maduro hukumatiga moddiy yordam berganligi mamlakatdagi inqirozni uzaytirishiga olib kelishini ilgari surgandi.

 

Venesueladagi siyosiy inqiroz...

Venesuelada ko’pchiligi muxolafatning qo’lida bo’lgan Milliy Majlis raisi Guaydo, yanvar oyida o’zini-o’zi “vaqtinchalik davlat rahbari” deb e’lon qilar ekan, AQSh bilan birga Avstraliya, Kanada, Kolumbiya, Peru, Ekvador, Paragvay, Braziliya, Chili, Panama, Argentina, Kosta-Rika va Gvatemala kabi mamlakatlar tomonidan tan olingandi.

Eng qizig’i oxirgi marotaba Yevropa parlamenti ham huddi shu yo’lda qadam tashlagandi.  

Turkiya, Meksika, Rossiya, Eron, Kuba, Xitoy va Boliviya esa Venesuela prezidenti Nicolas Maduro hukumatini qo’llab-quvvatlashini takrorlar ekan, buning ustiga Maduro ham AQSh bilan diplomatik va siyosiy aloqalarini to’xtatganligini lekin, savdo munosabatlarining davom etishini qayd etgandi.  

AQSh Prezidenti Donald Trump bunga javob tariqasida Venesuelaga askar yuborishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Xitoy , #AQSh , #tanqid , #Venesuela , #Lotin Amerika

Aloqador xabarlar