Belgradda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari davom etmoqda

Dekabr oyidan buyon har shanba kunlari poytaxt Belgrad va boshqa turli shaharlarda to’plangan minglab namoyishchilar mamlakat prezidenti, parlament rahbari va bosh vazirning iste’fosini talab qilmoqda.

1182820
Belgradda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari davom etmoqda

 

Kecha Serbiya poytaxti Belgradda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari bo’lib o’tdi.

Namoyishchilar parlament binosi oldida to’plandilar.

Serbiyaning sobiq prezidenti Boris Tadich mamlakatning amaldagi prezidenti Aleksandr Vuchichni “Ruh sotuvchisi” va “Demokratiya dushmani” ekanlikda aybladi.

Namoyishlarda noxush voqealarni oldini olish maqsadida 100dan ortiq politsiya kuchlari xizmat qildi.

Serbiya ichki ishlar vaziri Nebojsa Stefanovich politsiya namoyishchilarga nisbatan kuch ishlatish maqsadida emas, balki davlat mulkiga ziyon yetkazilishini oldini olish maqsadida safarbar etilganligini ma’lum qildi.

Namoyishlarga taxminan 7500 kishi qatnashganligini ma’lum qilgan Serbiya ichki ishlar vaziri: “Boshqa turli viloyatlardan poytaxt Belgradga tomon yo’lga chiqqan avtobuslarning to’xtatilganligi iddao qilindi. Xolbuki, Belgradga namoyishchilarga to’la taxminan 700 avtobus yetib keldi. Namoyishlarga kim xohlasa qatnashishi mumkin”,-dedi.

Serbiyada hukumatga qarshi namoyishlar 19 hafta oldin muxolifatdagi “Serbiya soli” nomli partiya yetakchisi Borko Stefanovichning hujumga uchrashi ortidan boshlangan edi.

Dekabr oyidan buyon har shanba kunlari poytaxt Belgrad va boshqa turli shaharlarda to’plangan minglab namoyishchilar mamlakat prezidenti, parlament rahbari va bosh vazirning iste’fosini talab qilmoqda.

Namoyishchilar xalqning bu talablarini bajarish uchun 13 aprelga qadar muxlat bergan edi va talablari bajarilmagan taqdirda, mamlakat miqyosida butun xalq ulkan mitinglarga da’vat etilishi e’lon qilingan edi.


Tanlangan kalimalar: #Serbiya , #Belgrad , #namoyish

Aloqador xabarlar