Xalqaro huquqqa ko'ra, ishg'ol etilgan hududlardagi barcha  yahudiy aholi punktlari noqonuniy

Yevropa Ittifoqi, Isroilning ishg'ol etilgan G'arbiy  qirg’oqda yangi yahudiy aholi punktlarini qurish haqidagi qarori xalqaro huquqqa ko’ra  noqonuniy ekanligini ta'kidladi.

1181847

Yevropa Ittifoqining tashqi aloqalar va xavfsizlik siyosati bo'yicha oliy vakili Federika Mogerini tomonidan berilgan yozma bayonotda, ishg'ol etgan  G'arbiy  qirg’oqda  Isroilning qariyb 4000 ta yangi aholi punktini qurish rejasi ikki davlat  yechim jarayoniga katta  zarar beradi deb diqqat qaratdi.

Berilgan bayonotda "Yevropa İttifoqining ishg’ol ostidagi  Falastin tuproqlarida  Isroilning joylashish siyosatiga  qarshi uslubi ochiq va o'zgarmas, Yevropa Ittifoqi ma'lumotlariga ko'ra, barcha  joylashish faoliyatlar  xalqaro qonunlarga ziddir". ifoda ishlatilgan.

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu 9- aprel kuni bo'lib o'tgan saylovlarda g'olib bo'lib yangidan Bosh vazirlik kursisiga  o’tirganda taqdirda, G'arbiy qirg’oqdagi  noqonuniy yahudiy aholi punktlari bo’lgan hududni o’z tuprog’iga "qo'shib qo'yaman ", dedi. Netanyahu, shuningdek yangi birliklarni qurishni  ham e'lon qilgan edi.

 Isroil 1967da ishg’ol etgan  G'arbiy  g’irg’oqda yahudiylarning qariyb 250 ta yahudiy aholi punkti bor, u yerda 400 000 dan ziyod  ham yahudiy ko'chmanchilar yashaydi.

Xalqaro huquqqa ko'ra, ishg'ol etilgan hududlardagi barcha  yahudiy aholi punktlari noqonuniy hisoblanadi.

Aloqador xabarlar