Ishg’ol ostidagi sharqiy Quddusda bo’lgan Al-Aqso masjidiga bosqin uyushtirildi.

Isroil politsiya xodimlarining hamrohligida o’nlab mutaassib Yahudiy, ishg’ol ostidagi sharqiy Quddusda  bo’lgan Al-Aqso masjidiga bosqin uyushtirildi.

1179906
Ishg’ol ostidagi sharqiy Quddusda bo’lgan Al-Aqso masjidiga bosqin uyushtirildi.

Isroil politsiya xodimlarining hamrohligida o’nlab mutaassib Yahudiy, ishg’ol ostidagi sharqiy Quddusda  bo’lgan Al-Aqso masjidiga bosqin uyushtirdi.

Quddus  Islomiy jamg ‘armasi matbuot kotibi Firas Dibs, 133 nafar mutaassib Yahudiy Isroil politsiyasining himoyasida Al-Aqso masjidining janubidagi Al- Meg’aribe ( Fas) eshigidan Haram sharifga kirib keldilar deb aytdilar.

Mutaassib Yahudiylar Al-Aqso masjidi hovlisida Talmudik marosimlar uyushtirishga harakat qildi degan Dibs, bundan tashqari 2 ming 635 xorijiy sayyoh ham Haram sharifga kirib keldi deb qayd  etdi.

Mutaassib Yahudiy  jamoa  a’zolari Isroilda bugun o’tkazilgan saylovda g‘ag’alab qozonishi uchun Al-Aqso masjidiga bosqin uyushtirish va bu yerda  duo qilishga chaqirgan edi.

Isroil politsiya xodimlarining hamrohligida o’nlab mutaassib yahudiyning bu harakati mintaqada  taranglikning  tez- tez  avj olishiga va Falastinliklar bilan Isroil politsiya  xodimlari o’rtasida janjal kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda.

Ishg’ol ostidagi Sharqiy Quddusda bo’lgan Al-Aqso masjidi musulmonlarning  dastlabki qiblasidir. Yahudiylar, qibla masjidi bilan qubbatus sahro jome bilan bir qatorda  muzey, madrasalar va  buyuk hovli o’rin olgan  Al-Aqso masjidi majmuasi ostida, so’zda “ Sulaymon ma’badi qoldiqlari bor” iddaosi bilan qazuv faoliyatlari olib borilmoqda, Al-Aqso masjidida o’zlarining ham ibodat qilish haqi bor  deb mudofaa qilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Al-Aqso masjidi , #Bosqin

Aloqador xabarlar