Shimoliy Makedoniya yurtidagi FETO a’zolarini Turkiyaga ekstraditsiya qilishga tayyorlanmoqda
Chorshanba kuni Shimoliy Makedoniyada bo’lib qaytgan Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar unda kasbdoshi Radmila Shekerinska bilan uyushtirgan matbuot anjumanida, Makedoniyada FETO terror tashkiloti a’zolarining borligidan xabardor ekanligini ifoda etgandi.
Makedoniyaning Ichki ishlar vaziri Oliver Spasovski o’z yurtidagi Fetullahchi terror tashkilotiga a’zo 15 kishining Turkiyaga ekstraditsiya qilinishi uchun Adliya vazirligi tomonidan kerakli protseduraning olib borilayotganligini qayd etdi.
Oliver Spasovski Migratsiya va qochqinlar bo’yicha komissariatning poytaxt Skopyeda uyushtirilgan diplomatik brifingi ortidan jurnalistlar savoliga javob berdi.
Unda o’z yurtidagi FETO a’zolarining Turkiyaga ekstraditsiya qilinishi mumkinligi haqidagi savolga qarshi Spasovski,
“Shimoliy Makedoniya chegarasidagi FETO tashkiloti a’zolarining ekstraditsiya qilinishi uchun kerakli protseduralar Adliya vazirligi tomonidan olib borilmoqda. Men olgan ma’lumotga ko’ra mazkur protsedura doirasida 15 kishi bor. Lekin ulardan 2 nafari yurt chegarasida emas” deb javob berdi.
Chorshanba kuni Shimoliy Makedoniyada bo’lib qaytgan Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar unda kasbdoshi Radmila Shekerinska bilan uyushtirgan matbuot anjumanida, Makedoniyada FETO terror tashkiloti a’zolarining borligidan xabardor ekanligini ifoda etgandi.
Aloqador xabarlar
Isroil armiyasi Livan janubiga havo hujumi uyushtirdi
Bu haqda Isroil armiyasi voizi Avichay Adraee ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma'lum qildi.