Bolalarning o’rtacha umr ko’rish muddati, o’rtacha 20 oyga qisqarishi tahmin qilinmoqda

Ob-havo sharoiti bo’yicha xalqaro tashkilot hisobotiga ko’ra havoning ifloslanishi bir necha o’lim turlarining sababchisi deb ko’rsatilmoqda.

1178279
Bolalarning o’rtacha umr ko’rish muddati, o’rtacha 20 oyga qisqarishi tahmin qilinmoqda

Bugungi kunda dunyoga kelgan bolalarning o’rtacha umr ko’rish muddati, dunyo miqyosda havoning ifloslanishi tufayli o’rtacha 20 oyga qisqaradi.

Ob-havo sharoiti bo’yicha xalqaro tashkilot hisobotiga ko’ra havoning ifloslanishi surunkali obstruktiv o'pka kasalligi tufayli paydo bo’lgan o’limlarning 41 foizining, 2-toifa diabet kasalligining 20 foizining, o’pka saratoni kasalligining 19 foizining, yurak kasalligining 16 foizining va insult o’limlarining 11 foizining sababchisi deb ko’rsatilmoqda.

O’rtacha umr ko’rish muddati yomon havo sharoiti tufayli eng ko’p qisqaradigan yer esa Janubiy Osiyo davlatlaridir.

Unga ko’ra bolalarning o’rtacha umr ko’rish muddati Janubiy Osiyoda 30 oy, Afrikaning janubiy qismlarida 24 oy, Sharqiy Osiyoda 23 oy, Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqda 18 oy, Lotin Amerikada 9 oy qisqarishi tahmin qilinmoqda.   

Dunyo miqyosda havoning ifloslanishi tufayli o’rtacha umr ko’rish muddatining 20 oyga qisqarishi ko’zda tutilmoqda.



Aloqador xabarlar