AQSh prezidenti Donald Tramp NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg bilan uchrashdi

Tramp NATO davlatlarini o’z zimmasiga yana ham ko’proq mas’uliyat olishga chaqirdi.

1176505
AQSh prezidenti Donald Tramp NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg bilan uchrashdi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg bilan uchrashdi.

Oq uyda bo’lib o’tgan uchrashuvdan so’ng, matbuot anjumani o’tkazildi.

Anjumanda Tramp NATO davlatlari o’z zimmasiga yana ham ko’proq mas’uliyat olishi kerakligini ilgari surdi.

Uning ta'kidlashicha, boshqa mamlakatlar ham ancha jiddiy hissa qo‘shayotgan bo‘lsa ham Amerika tomoni hamon juda katta miqdorda mablag‘ to‘lamoqda.

Tramp prezident bo’lgach, AQSh bilan NATO o’rtasidagi munosabatlar yana ham rivojlanganligini ma’lum qildi.

Tramp harbiy ittifoqqa a'zo davlatlardan yana harbiy xarajatlarni oshirishni talab qildi. Uning bu majburlashlaridan so’ng, a’zo davlatlar NATOga 10 milliard dollardan ortiq moddiy yordam o’tkazganligini ma’lum qildi.

Tramp: “Prezident bo’lganimdan beri bu mablag’ ancha oshdi. 140 mlrd dollar qo’shimcha pul to’pladik va 2020 yilga qadar yana 100 mlrd dollar pul to’plamoqchimiz”,-dedi.

Tramp NATO davlatlari orasidan ayniqsa, Germaniyaga imo qilgan holda, Angela Merkelning yetarlicha mas’uliyat olmaganligini ilgari surdi.

Yyens Stoltenberg ham NATOga sodiqligi va muammolarni hal qilishda ko’rsatgan yetakchiligi uchun Trampga minnatdorlik bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Donald Tramp , #NATO , #Yyens Stoltenberg , #AQSh

Aloqador xabarlar