Al Sani:"Ko’rfaz inqirozini bartaraf etish uchun yagona yo’l muzokara yuritish"
Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr hukumatlarining 5 iyunda Qatar bilan barcha diplomatik munosabatlarni to’xtatishi Ko’rfaz mintaqasida inqirozga sabab bo’lgandi.
Qatar tashqi ishlar vaziri Shayh Muhammad bin Abdurrahmon Al Sani Ko’rfaz inqiroziga yagona yo’l “muzokara o’tkazish” ekanligini bildirdi.
Qatar rasmiy xabar agentligi QNA xabariga ko’ra, poytaxt Dohadagi Geoggetovn universiteti mehmoni bo’lgan Al Sani Qatarga nohaq ravishda joriy etilgan bu embargo mintaqada geopolitik jarayonning markaziga aylanganligini bildirdi.
Ko’rfaz inqirozini bartaraf etishning yagona yo’li tinchliksevar muzokaralarni yo’lga qo’yish ekanligini tilga olgan Al Sani bu jarayonda xalqning hissalari va mamlakatning taraqqiyot yo’lida sarf etgan sa’y-harakatlarini taqdirlash kerakligini bildirdi.
Eslatma: Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr hukumatlarining 5 iyunda Qatar bilan barcha diplomatik munosabatlarni to’xtatishi Ko’rfaz mintaqasida inqirozga sabab bo’lgandi.