Papa Francis hafta oxirida Marokashga bormoqchi

Papa Francis Shimoliy Afrikadagi xristianlar va musulmonlar o’rtasidagi muloqatni kuchaytirish maqsadida hafta oxirida Marokashga bormoqchi ekanligini ma’lum qildi.

1173690

Xristianlar va musulmonlar o’rtasidagi muloqatning ahamiyatiga e’tibor qaratishni xohlaganligini belgilab o’tgan Papa, shu fursatdan foydalanib,  Yevropa chegarasidagi muhojirlarni qo’llab-quvvatlashini ham ko’rsatmoqchi ekanligini yetkazdi.

Marokash poytaxti Rabatdagi imomlar uchun ta’lim bergan 5-Muhammad institutiga tashrif buyurmoqchi bo’lgan Papa, yakshanba kuni esa marokashlik din olimlari bilan uchrashuv o’tkazadi.

Marokashda musulmon, yahudiy va xristian aholisining uzoq yillardan buyon tinch-totuv yashab kelayotganligini qayd etgan Papa,

“Biz ham huddi musulmonlardek cheksiz marhamat sohibi Tangriga ishonamiz. Bizni bir-birimizga hurmat ko’rsatish va ehtiyoji borlarga yordam berishlik uchun turli ishonchlar ostida, bitta dunyoda yaratdi” dedi.

Aloqador xabarlar