Indoneziya sharqida sel va tuproq ko’chkilari oqibatida qurbonlar soni 104 kishiga yetdi
Ma’lumotga ko’ra, 206 kishi bedarak yo’qolgan. Hududda qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.
1166834
Indoneziya sharqida joylashgan Papua shtatidasodir bo’lgan sel va tuproq ko’chkilari oqibatida qurbonlar soni 104 kishiga yetdi.
Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko’ra, Papua shtati poytaxti Jayapura shahrida shanba kuni kuchli yong’ingarchiliklar sel va suv toshqinlariga sabab bo’ldi. Tabiiy ofatlarda 104 kishi halok bo’ldi.
Ma’lumotga ko’ra, 206 kishi bedarak yo’qolgan. Hududda qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.
Tabiiy ofatlardan zarar ko’rgan 8773 kishi evakuatsiya qilindi. Ular davlatga qarashli binolarga joylashtirildi.
Muson yomg’irlari va tropikal iqlimga ega bo’lgan Indoneziyada yil mobaynida turli sel va suv toshqinlari, ortidan esa ko’chkilar yuzaga keladi.