Yangi Zelandiyani larzaga solgan qotil Brenton Tarrant sud qarori bilan qamoqda saqlanmoqda

U ikki masjidga terrorchilik harakatini sodir qilganlikda va 49 kishini vahshiylarcha o’ldirganlikda ayblanmoqda.

1164631
Yangi Zelandiyani larzaga solgan qotil Brenton Tarrant sud qarori bilan qamoqda saqlanmoqda

Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi ikkita masjidda juma namozidan keyin terrorchilik harakatini sodir qilgan jinoyatchi Brenton Tarrant sud qarori bilan qamoqda saqlanmoqda.

U ikki masjidga terrorchilik harakatini sodir qilganlikda va 49 kishini vahshiylarcha o’ldirganlikda ayblanmoqda.

Yangi Zelandiya radiosi xabar berishicha, Tarrant Kraystcherch shahridagi “Al Nur” va “Linvud” masjidlarida juma namoziga to’plangan 49 namozxonni qatl etgan va 40 kishiga tan jarohati yetkazgan. Avstraliyalik ekanligi aniqlangan Tarrant qo’lga olinib qamoqqa tashlangan.

Jinoyatchi Tarrantga keyingi sud majlisida yana boshqa ayblovlar ham qo‘yilishi kutilmoqda.

Navbatdagi sud majlisi 5 aprelda Oliy sudda amalga oshiriladi. Jinoyatchi Tarrant bu kunga qadar qamoqxonada saqlanadi.

 

 



Aloqador xabarlar