Kabulov: “Rossiya AQShning Tolibon bilan kelishib oilishini xohlaydi”.

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning Afg’oniston masalalari bo’yicha maxsus vakili Zamir Kabulov Rossiyaning Amerika Qo’shma Shtatlarining Tolibon bilan kelishib oilishini xohlashini qayd etdi.

1162810
Kabulov: “Rossiya AQShning Tolibon bilan kelishib oilishini xohlaydi”.

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning Afg’oniston masalalari bo’yicha maxsus vakili Zamir Kabulov Rossiyaning Amerika Qo’shma Shtatlarining Tolibon bilan kelishib oilishini xohlashini qayd etdi.

Rossiyaning RIA Novosti axborot agentligi tarqatgan ma’lumotga ko’ra Kabulov yaqinda AQShlik rasmiylar bilan Afg’oniston muammosini qo’lga olajagini eslatib o’tgan holda, Tolibon bilan uchrashuv o’tkazish niyatida emasliklarini ma’lum qildi.

AQShning Tolibon bilan tinchlik o’rnatish masalasida uchrashuv olib borganligini eslatib o’tgan Kabulov,

“Rossiya AQShning Tolibon bilan kelishib olishini xohlaydi lekin aniq shartnoma haqida gapirishlik uchun esa hali erta” dedi.

AQShning Afg’oniston masalalari bo’yicha maxsus vakili Zalmay Halilzad bilan Tolibon yetakchilari o’rtasida 16 kundan beri Qatarda davom etgan va tinchlik masalasiga bag’ishlangan uchrashuvlar kecha o’z nihoyasiga yetdi.  

Halilzad ijtimoiy media hisobi orqali mavzu haqida qoldirgan postida Tolibon bilan beshinchi marotaba o’tkazilgan va tinchlik masalasiga bag’ishlangan uchrashuvda chet ellik kuchlarning Afg’onistonni tark etishi va Afg’oniston tuproqlarida boshqa guruhlarning xavf tashkil etmasligi uchun kelishib olinganligini ifoda etgandi.

Afg’oniston Prezidenti Ashraf G’ani yetakchiligidagi hukumat uchun eng yirik xavf tashkil etgan Tolibon, haligacha mamlakatning bir necha hududida hukmronligini davom ettirmoqda.

B’azi hududlari Tolibonning nazorati ostida bo’lgan Afg’onistonda jiddiy ravishda xavfsizlik muammosi bor.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tolibon , #Rossiya , #AQSh , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar