Myanmaning Arakan viloyatidagi hujum 9 nafar politsiyaning umriga zomin bo’ldi

Myanmaning Arakan viloyatidagi politsiya uchastkasida uyushtirilgan hujumda 9 nafar politsiya xodimi jon berdi.

1160522
Myanmaning Arakan viloyatidagi hujum 9 nafar politsiyaning umriga zomin bo’ldi

Myanmaning Arakan viloyatidagi politsiya uchastkasida uyushtirilgan hujumda 9 nafar politsiya xodimi jon berdi.

Arakanning Milliy politsiya idorasi yetakchisi o’rinbosari Maung Maung Soe, “Arakan armiyasi” deb nomlangan tashkilotning qariyb 100 nafar a’zosining, kecha kechqurun Sittwe yaqinida Yoetayote qishlog’ida, politsiya uchastkasiga qarshi hujum qilganligini qayd etdi.  

Maung Maung Soe, hujumda politsiya uchastkasidagi 9 nafar politsiya xodimining jon berganligini ma’lum qildi.

Aytib o’tish joizki “Arakan armiyasi tashkiloti” viloyatda mustaqillik talabi bilan qurolli hujumlar uyushtirmoqda. Tashkilot avval Kachin va Shan viloyatlarida ham Myanma askarlari bilan urushgan edi.

Myanma armiyasi yanvar oyida 13 nafar politsiyaning umriga, 9 nafar politsiyaning sog’ligiga zomin bo’lgan hujum ortidan Arakan armiyasini “terror tashkiloti” deb e’lon qilgandi.



Aloqador xabarlar