Efiopiyada yo'lovchi tashuvchi uchoq halokatga uchradi va oqibatida 157 kishi jon berdi

Efiopiya poytaxti Addis Abebadan ko’tarilgan va Nairobiga qarab yo’l olgan Efiopiya havo yo’llariga oid uchoq halokatga uchradi.

1160496
Efiopiyada yo'lovchi tashuvchi uchoq halokatga uchradi va oqibatida 157 kishi jon berdi

Efiopiya poytaxti Addis Abebadagi aeroportdan ko’tarilgan va Nairobiga qarab yo’l olgan Efiopiya havo yo’llariga oid uchoq halokatga uchradi.

Ko’tarilganidan atigi 6 daqiqa o’tgach yerga qulagan uchoqda 157 kishining borligi aytilmoqda. Ulardan 149 nafari yo’lovchi, 8 nafari esa ekipaj a’zosi bo’lgan. Qayt erilishicha halokat Addis Abebaning 50 kilometr janubida, Debre Zeit yaqinida yuz bergan.

Efiopiyaning milliy radio-eshittirish xizmati (EBC) tarqatgan ma’lumotga ko’ra uchoqdagi 157 kishidan hech birini qutqarish imkoni bo’lmagan va unda 33 boshqa millatdan yo’lovchi bo’lgan. Havo yo’llari kotibi ham qurbonlar orasida 32 nafar Keniya va 17 nafar Efiopiya fuqarosi borligini qayd etdi.

Efiopiya Bosh vaziri Abiy Ahmedkazada bilan Keniya Davlat rahbari Uhuri Kenyatta halokatda jon berganlarning oilalariga taziya izhor etdi.

Boeing 737-8 MAX rusumidagi uchoqning halokatga uchrashining sababi hali hanuz noma’lum.

Milliy Efiopiya havo yo’llarining Afrikada eng sifatli havo yo’llari shirkatlaridan biri ekanligi ifoda etilmoqda.

 



Aloqador xabarlar