Saudiyalik huquq himoyachisi, Kashikchi jinoyati ortida Muhammad bin Salmonning borligini iddio etdi

Saudiya Arabistoni huquq himoyachisi Yahyo Assiriy, saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchi jinoyatiga aniqlik kiritilishi uchun ko’rsatgan say-harakati uchun Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi.

1157262
Saudiyalik huquq himoyachisi, Kashikchi jinoyati ortida Muhammad bin Salmonning borligini iddio etdi

Saudiya Arabistoni huquq himoyachisi Yahyo Assiriy, saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchi jinoyatiga aniqlik kiritilishi uchun ko’rsatgan say-harakati uchun Turkiyaga minnatdorchilik bildirgan holda,

“Bu jinoyatning ortida Muhammad bin Salmonning borligini bilamiz” dedi.

Shveytsariyadagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Jeneva ofisida davom etgan Inson huquqlari bo'yicha kengashning navbatdagi majlisi doirasida uyushtirilgan panelda, Saudiya Arabistonidagi inson huquqlari paymollari qo’lga olindi.

Panelda nutq so’zlagan mashhur saudiyalik huquq himoyachisi Yahyo Assiriy, Kashikchi jinoyatning ortida valiaxd shahzoda Muhammad bin Salmonning borligini qayd etdi.

Assiriy, Saudiya Arabistonida, valiaxd shahzodan bexabar bironta ham qaror qabul qilinmasligini ham o’z so’ziga ilova etdi.

Kashikchini o’ldirganlarning haligacha ozod ekanligini eslatgan Assiriy, Saudiya Arabistonining BMTning Sud qarorlari bo’yicha maxsus ma’ruzachisi Agnes Callamard bilan hamkorlik qilmaganligiga ham alohida e’tibor qaratdi.

Angliyada siyosiy muhojir sifatida umr surgan 38 yoshidagi Assiriy, “Anadolu” axborot agentligiga bergan intervyusida,

“Kashikchi jinoyati ustidan mustaqil ravishda, xalqaro tergovning boshlatilishini xohlaymiz. Bu tergovsiz jinoyatga aniqlik kiritilmaydi. Oqibatida Saudiya rejimi o’zini erkin hisoblab, bunday jinoyatlarga qo’l urishlikni davom ettiradi” dedi.

Turkiyaga, Kashikchi jinoyatiga aniqlik kiritilishi uchun ko’rsatgan say-harakati uchun minnatdorchilik bildirgan Assiriy, Turkiya qo’lidan kelgani qilganligini lekin jinoyatga xalqaro tergov orqali aniqlik kiritilishi mumkinligini qayd etdi.  

Aytib o’tish joizki Jamol Kashikchi rasmiy hujjat uchun 2018-yilning 2-oktabri kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi Bosh konsullik binosida vahshiylarcha o’ldirilgan edi.

Jinoyat ortidan Kashikchining qachon, qayerda va qanday o’ldirilganligi haqida ma’lumotlar o’rtaga chiqishiga qaramay marhumning jasadining o’rni haligacha noaniq.



Aloqador xabarlar