Afg'onistonda "Tolibon" harakati jangarilari politsiya nazorat uchastkasiga hujum qildi

Balh viloyati xavfsizlik boshqarmasi xodimi Odilshox Odil ma'lum qilishicha, hujumda 8 nafar xavfsizlik xodimi halok bo'lgan, 7 nafari jarohat olgan

1157477
Afg'onistonda "Tolibon" harakati jangarilari politsiya nazorat uchastkasiga hujum qildi

 

"Tolibon" radikal harakati jangarilari Afg'onistonning Balh viloyati Davlat obod tumanida joylashgan politsiya nazorat uchastkasiga hujum qildi.

Hujumda 8 nafar xavfsizlik xodimi halok bo'ldi.

Bu haqda Balh viloyati xavfsizlik boshqarmasi xodimi Odilshox Odil ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, hujumda 8 nafar xavfsizlik xodimi halok bo'lgan, 7 nafari jarohat olgan.

Otishmalarda ko'plab jangari yo'q qilingan.

"Tolibon" harakatining iddaosiga ko'ra, hujumda 14 nafar politsiya xodimi o'ldirilgan.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Tolibon , #hujum

Aloqador xabarlar