Venesuela Kolumbiya bilan diplomatik va siyosiy munosabatlarni to’xtatdi

“Fashist Kolumbiya hukumatining hujumkorligiga ortiqcha chiday olmayman. Shu sababli Kolumbiya bilan barcha munosabatlarimni to’xtatishga qaror berdim”,-dedi Venesuela prezidenti.

1151269
Venesuela Kolumbiya bilan diplomatik va siyosiy munosabatlarni to’xtatdi
Kolombiya Almagro.jpg

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Kolumbiya bilan diplomatik va siyosiy munosabatlarni to’xtatganligini ma’lum qildi.

Maduro bu so’zlarni poytaxt Karakasda uni qo’llab-quvvatlab chiqqan tarafdorlari huzurida aytgan.

Shaxsiga nisbatan sodir etilayotgan urinishlarga diqqat qaratgan Maduro: “Aslo taslim bo’lmayman va vatanim uchun kerak bo’lsa jonimni berishga ham tayyorman”,-dedi.

Hech narsadan qo’rqmasligini tilga olgan Maduro o’zini vaqtinchalik davlat rahbari deb e’lon qilgan Xuan Guaydoni “Venesuelani mustamlakaga aylantirmoqchi bo’lgan AQShning kuklasi” ekanlikda aybladi.

Muxolifatni qo’llab-quvvatlagan qo’shni davlat Kolumbiyani tanqid qilgan Maduro ushbu davlat bilan butun diplomatik va siyosiy munosabatlarni to’xtatdi.

“Fashist Kolumbiya hukumatining hujumkorligiga ortiqcha chiday olmayman. Shu sababli Kolumbiya bilan barcha munosabatlarimni to’xtatishga qaror berdim”,-dedi Venesuela prezidenti.

U kolumbiyalik diplomatlarga mamlakat hududlarini tark etishi uchun 24 soat muhlat berdi.

Kolumbiya tashqi ishlar vaziri Karlos Holmes Trujillo Almagro esa, Maduroning Kolumbiya bilan diplomatik munosabatlarni to’xtatish qarorini tan olmasligini ma’lum qildi.

“Maduro hukumatini tan olmaymiz. Shu sababli uning qarorlari biz uchun hech qanday hukmga ega emas”,-deb yozadi Kolumbiya tashqi ishlar vaziri tvitterdagi sahifasida.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Venesuela , #Kolumbiya , #Nikolas Maduro

Aloqador xabarlar