Jazoyir shimolida harbiy samolyot qulab tushdi

Harbiy samolyot bortida ikki uchuvchi bo’lgan xalos. Ular fojiada halok bo’lishgan.

1150111
Jazoyir shimolida harbiy samolyot qulab tushdi

Jazoyir shimolida harbiy samolyot qulab tushdi.

Fojiada ikki uchuvchi halok bo’ldi.

Bu haqda Jazoyir mudofaa vazirligi bayonot berdi.

“Rossiyaga tegishli “Su-24” harbiy samolyoti bugun tongda Tiyaret shahrining Rashayika hududidagi ochiq maydonga qulab tushdi”,-deyiladi bayonotda.

Harbiy samolyot bortida ikki uchuvchi bo’lgan xalos. Ular fojiada halok bo’lishgan.

Mudofaa vaziri o’rinbosari va harbiy bosh shtab boshlig’i general Ahmad Kayid Solihning buyrug’iga binoan, darhol tergov ishlari boshlangan.

Samolyotning qanday sabablarga ko’ra qulab tushganligi ma’lum emas.


Tanlangan kalimalar: #Jazoyir , #samolyot , #harbiy samolyot , #fojia

Aloqador xabarlar