Iroq hukumati talab etgan taqdirda bu o’lkadagi askarlarini olib chiqishlarini ma’lum qildi.

AQShning Iroq maslahatchisi Joey Hood, Iroq hukumati talab etgan taqdirda bu o’lkadagi askarlarini olib chiqishlarini ma’lum qildi.

Iroq hukumati talab etgan taqdirda bu o’lkadagi askarlarini olib chiqishlarini ma’lum qildi.

AQShning Iroq maslahatchisi Joey Hood, Iroq hukumati talab etgan taqdirda bu o’lkadagi askarlarini olib chiqishlarini ma’lum qildi.

Hood, Iroqning poytaxti Bag’dodda uyushtirgan  matbuoti anjumanida, o’lkada Eron tarafdori shia siyosiy partiyalar o’rtasida katta bahs munozaralarga sabab bo’lgan AQShning Iroqdagi harbiy mavjudiyati bilan aloqali bayonotlar berdi.

AQSh harbiylari Iroqda markazi hukumatning chaqirig’i bilan  mavjud ekanini eslatgan Hood,

“ Iroq hukumati talab etgan taqdirda ( AQSh) kuchlarimiz, xalqaro koalitsiya va NATO kuchlari o’lkadan chiqib ketishi  mumkin .” Dedi.

Iroqda faqatgina harbiy maslahat va ta’lim beruvchilar mavjud ekanini aytgan Hood, o’lkada AQShga oid har qanday bir harbiy baza mavjud bo’lmaganini aytdi.

Iroqda vazifa olib borgan 5 ming 200 AQSh askari Iroqlik kuchlar bilan harakat etganini aytgan AQShlik vakil, Iroqlik  kuchlar xorijiy harbiy maslahatchilarning yordami bo’lmasdan  turib xavfsizlikni ta’min etishda hanuz yetarli saviyaga erisha olmadi deb mudofaa qildi.
Hood, AQShli askarlar Iroqda tarqala  boshladi deya matbuotda o’rin olgan xabarlar haqiqatni aks ettirmaydi dedi.

Shia partiyalar AQShning Iroqda mavjudiyatiga  qattiq reaksiya ko’rsatmoqda.

AQSh Prezidenti Donald Tramp, 26 –dekabrda Iroqli vakillardan xabarsiz Anbardagi harbiy bazaga uyushtirgan safarda AQSh kuchlar Iroqdan chiqib ketmasligini ma’lum qilgan edi.

Tramp, keyinchalik bergan  bayonotda AQSh askarlari Iroq Suriya chegarasi ustida Eron faoliyatlarini kuzatib boradi deb qayd etdi.

Tramp ushbu bayonotlaridan keyin Eronga yaqin Iroqlik shia liderlar, AQSh o’lkadagi mavjudiyatiga yana qattiq reaksiya ko’rsatgan edi.

AQSh, 2003- yilida ishg’ol etgan va  Iroqda taxminan 165 ming harbiy  bilan 2011- yili dekabr oyida faoliyat qilgan edi,  bu tarixdan keyin davrning AQSh Prezidenti Obamaning buyurig’i bilan barcha harbiylarini Iroqdan olib chiqqan edi.

Faqat terror tashkiloti DEASh 2014 yil 10- iyunda poyda bo’lgandan keyin davrning Iroq  Bosh vaziri Nuri al Molikining chaqirig’i bilan AQSh yangidan Iroqqa askar jo’natdi.


 


Tanlangan kalimalar: Iroq , Harbiy , AQSh

Aloqador xabarlar