Afg’onistonning Lag’man viloyatida portlash ro'y berdi

Afg’onistonning Lag’man viloyatiga qarashli Qarg’ayi tumanida sodir bo'lgan portlashda 6 kishi halok bo’ldi.

Afg’onistonning Lag’man viloyatida portlash ro'y berdi

Afg’onistonning Lag’man viloyatiga qarashli Qarg’ayi tumanida kuchli portlash ro’y berdi.

Portlashda 6 kishi halok bo’ldi.

Lag’man hokimligi kotibi Asadulloh Davlatzay bu haqda ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Qarg’ayi tumanida joylashgan muhojir lageri yaqinidan ommaviy transport vositasi o’tib ketayotgan paytda oldindan yerga ko’milgan bomba portlagan. Transportda tinch aholi vakillari bo’lgan.

Portlashda necha kishi jarohat olganligi ma’lum emas.


Tanlangan kalimalar: portlash , Lag'man , Afg'oniston

Aloqador xabarlar