Trump, David Satterfieldni AQShning Turkiyadagi elchisi deb tayin qilmoqchi

O’z vazifasini 2017-yili boshlagan Trump boshqaruvi, o’sha yilning o’zidayoq Turkiya elchisi John Bassni Afg’oniston elchisi deb tayin qilar ekan, Basstan keyin Turkiyaga elchi tayin qilmagandi.

1146414
Trump, David Satterfieldni AQShning Turkiyadagi elchisi deb tayin qilmoqchi

Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trumpning David Satterfieldni Amerikaning Turkiyadagi elchisi deb tayin qilmoqchi ekanligi ma’lum qilindi.

Oq uydan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, Trumpning Tashqi ishlar vazirligi yordamchilaridan David Michael Satterfieldni Turkiya elchisi deb tayin qilmoqchi ekanligi ma’lum qilindi.

Haligacha AQShning Tashqi ishlar vazirligida Yaqin Sharq masalalari bo’yicha vakil sifatida ishlayotgan Sattefieldning Turkiya elchisi bo’la olishi uchun Senatdagi ovozga qo’yish ishlarini kutishi darkor.

Turkiya elchisi bo’lish uchun nomzod etib ko’rsatilgan Satterfield, AQSh Tashqi ishlar vazirligining eng tajribali diplomatlaridan biri hisoblanadi.

1980-yildan beri ayniqsa Yaqin Sharq masalalari bo’yicha turli vazifalarni o’tab kelgan Satterfield, 1954-yili dunyoga keldi.

Bugungi kunda ham AQSh Tashqi ishlar vazirligida Yaqin Sharq masalalari bo’yicha ishlab kelayotgan Satterfield Turkiya, Rossiya va Eron o’rtasidagi Ostona jarayonida AQShning kuzatuvchisi sifatida ishtirok etdi.

Satterfield AQShning sobiq Prezidenti Barack Obama davrida esa Sinay yarim orolida tinchlikni saqlashdan mas’ul “Ko’p millatli kuch va kuzatuvchilar” markazi direktori bo’lib ishladi. Satterfield, yana Obama davrida Misrda (2013-2014 yillari) vaqtinchalik rezident bo’lib ishladi.

George W. Bush davrida Tashqi ishlar vaziri Condoleezza Ricening ham Iroq masalalari bo’yicha tajribali maslahatchisi bo’lib ishlagan Satterfield Livan, Suriya, Tunis, Saudiya Arabistoni elchiliklarida turli vazifalar ustidan ish olib bordi.

Satterfieldning Turkiya elchisi sifatida ish olib borishi uchun AQSh Senati tomonidan o’tkaziladigan saylovdan o’tishi kerak.

O’z vazifasini 2017-yili boshlagan Trump boshqaruvi, o’sha yilning o’zidayoq Turkiya elchisi John Bassni Afg’oniston elchisi deb tayin qilar ekan, Basstan keyin Turkiyaga elchi tayin qilmagandi.



Aloqador xabarlar