Belgiyada havo safarlari bir kunlik to'xtatildi...

Belgiyada, ish tashlash namoyishining qanday natijalanishi bilinmagani uchun havo safarlari 24 soatlik to'xtatildi.

1144014
Belgiyada havo safarlari bir kunlik to'xtatildi...

 

Belgiya, ish uyushmalarining bugun o'lka bo'ylab uyushtirgan ish tashlash namoyishining qanday natijalanishi bilinmagani uchun havo safarlari 24 soatlik to'xtatildi.

Belgiya Havo Harakati Nazorat markazidan berilgan bayonotda, kecha mahalliy soat bilan 22:00 dan bugun 22.00 gacha o'lkadagi aeraportlardan havo safarlari uyushtirilmasligini ma'lum qildi.

Boshqa tomondan, o'lka bo'ylab poyezd, ommaviy transport xizmati, politsiya, pochta va salomatlik xizmatlarining ham bu namoyishdan ta'sirlanishi kutilmoqda.

Belgiyada ma'lum muddatdan beri ishchi va ish ta'minlovchilar o'rtasida davom etib kelgan, muzokaralarda oylik to'lov haqqini ko'tarish uchun ijobiy natija chiqmagan edi.

Undan keyin ish uyushmalari, 13-ferval kuni 1 kunlik ish tashlash namoyishi o'tkazishga qaror qilgan edi.



Aloqador xabarlar