AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchi Bagozni bombaladi...

AQSh boshchiligidagi Deashga qarshi koalitsiya kuchi, Suriyada, Deyrizorning Bagoz nohiyasi atrofida uyushtirgan hujumda bir jomeni nishonga oldi.

1143952
AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchi Bagozni bombaladi...

 

Amerika qo'shma shtatlari (AQSh) boshchiligidagi Deashga qarshi koalitsiya kuchi, Suriyada, Deyrizorning Bagoz nohiyasi atrofida uyushtirgan hujumda bir jomeni nishonga oldi.

Hodisa, Deashga qarshi koalitsiyaning, Suriya Demokratik Kuchlari (SDK) deb nomlangan terror tashkiloti YPG/PKKning Deyrizor Bagoz nohiyasidagi operatsiyasini dastaklash maqsadida uyushtirgan havo hujumi paytida ro'y berdi.

Koalitsiyadan berilgan yozma bayonotda, "Birlashgan Vazifa Kuchi, Suriya Demokratik Kuchini dastaklash uchun 11-fevral kuni Bagoz Favkanida oldindan jome sifatida foydalangan Deashning boshqaruv va nazorat makaziga havodan hujum qilgandir" deb ifoda etildi.

Bayonotda, jomeni Deashning foydalanishi bilan "Muhofaza Etilgan Imoratlar" statuyasini boy bergani da'vo etilar ekan, jomedagi qurbonlar haqida bir ma'lumot berilmadi.

Boshqa tomondan, mahalliy manbalardan olingan ma'lumotlarga ko'ra, koalitsiyaning Bagoz nohiyasida kecha o'rab olgan Deash a'zolariga qarshi uyushtirgan havo bombardimonida 50 nafar tinch aholi qurbon bo'ldi.

AQSh va Frantsiya himoya qilgan YPG/PKK, 2018-yili 11-sentyabr kunidan buyon Deashni Deyrizordan chiqarish maqsadida hujumlar uyushtirib kelmoqda.

Deash hozirgi kunda, Deyrizor tumanining sharqidagi Bagoz nohiyatida faoliyat olib bormoqda.

Deyrizorda Firod daryosining g'arbidagi hududda esa Esad rejimining kuchlari faol.

 



Aloqador xabarlar