Zamir Kabulov:“Afg’oniston xalqi o’z davlatini qayta tiklab, tinchlik o’rnatish tarafdori"

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Afg’onistondagi maxsus maslahatchisi Zamir Kabulov 5-6-fevral kunlari Moskvada afg’on siyosatchilar bilan Tolibon delegatsiyasi ishtirokida o’tkazilgan muzokaralar haqida fikr bildirdi.

1143652
Zamir Kabulov:“Afg’oniston xalqi o’z davlatini qayta tiklab, tinchlik o’rnatish tarafdori"

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Afg’onistondagi maxsus maslahatchisi Zamir Kabulovning ta’kidlashicha, Rossiya va AQShning Afg’onistondagi maxsus maslahatchilari shu yilning 22 fevral kuni poytaxt Ankarada uchrashadi.

Kabulov Moskvada matbuotga bergan brifingda 5-6-fevral kunlari Moskvada afg’on siyosatchilar bilan Tolibon delegatsiyasi ishtirokida o’tkazilgan muzokaralar haqida fikr bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, tinchlik muzokaralari Afg’onistondagi siyosiy o’zgarishni ta’minlashga zamin yaratadi. Shu bilan birga, muzokaralarda AQSh qo’shinining Afg’oniston hududlarini tark etishi va tinchlik muhitini yaratish kabi masalalar muhokama qilindi.

“AQSh vanihoyat bu urushni to’xtatish kerakligini tushunib yetdi. Biroq, hozircha bu haqda gapirishga hali erta”,-dedi Zamir Kabulov.

Rossiya va AQShning Afg’onistondagi maslahatchilari 22 fevral kuni Ankarada uchrashishini ma’lum qilgan Zamir Kabulov: “Afg’oniston xalqi o’z davlatini qayta tiklab, tinchlik o’rnatish tarafdori. Moskvada o’tkazilgan muzokaralar shuni ko’rsatadi. Rossiya sifatida bu masala bo’yicha afg’onlarga yordam berishga tayyormiz”,-dedi.

Zamir Kabulovning fikricha, Tolibon harakatining siyosiy maqsadi bor, ular boshqa davlatning qo’shinini o’z vatanida ko’rishni xohlamaydilar. Qolaversa, Afg’onistondagi muammolarni hal qilishda Pokiston va Eron muhim ahamiyat kasb etadi.

 

 

 



Aloqador xabarlar