AQSh Venesuela qurolli kuchlarini sanksiyalardan ozod etmoqchi, biroq bir shart bilan...

Jon Bolton Venesuela qurolli kuchlariga, o’zini vaqtinchalik davlat rahbari deb e’lon qilgan Xuan Guaydoni tan olgan taqdirda, sanksiyalarda ozod etilishini taklif qildi.

1140503
AQSh Venesuela qurolli kuchlarini sanksiyalardan ozod etmoqchi, biroq bir shart bilan...

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Venesuela qurolli kuchlariga, o’zini vaqtinchalik davlat rahbari deb e’lon qilgan mamlakat muxolifati yetakchisi, parlament rahbari Xuan Guaydoni tan olgan taqdirda, sanksiyalarda ozod etilishini taklif qildi.

“AQSh demokratiyani himoya qilgan davlat rahbari Xuan Guaydoni tan olgan oliy martabali vakillarni sanksiyalardan ozod etmoqchi. Aks holda, xalqaro finans chambari butunlay yopiladi. To’g’ri yo’lni tanlang!”,-deb yozadi Jon Bolton o’zining tvitterdagi sahifasida.

Eslatish joizki, shu yilning 23 yanvar kuni Venesuelada hokimiyat uchun kurash prezident Nikolas Maduroga qarshi miting bilan boshlangan edi.

Muxolif yetakchi Xuan Guaydo mitinglarda o’zini vaqtinchalik davlat rahbari deb e’lon qilgan edi.

Birinchilardan bo’lib, AQSh, Isroil, Kanada, Albaniya, Gruziya, Braziliya, Argentina, Chili, Kolumbiya, Kosta-Rika, Gvatemala, Gonduras, Panama, Paragvay, Peru kabi davlatlar Xuan Guaydoni Venesuela prezidenti deb tan olgan edi.

Turkiya, Meksika, Rossiya, Kuba, Xitoy va Boliviya esa, Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qo’llab quvvatlamoqda.

Maduro bu o’zgarishlardan so’ng, AQSh bilan butun siyosiy va diplomatik munosabatlarni to’xtatdi, faqat tijoriy munosabatlar esa davom etishini ma’lum qildi.

 

 



Aloqador xabarlar