BMTning ezgu niyat elchisi Angelina Jolie, arakanlik musulmonlar ahvolidan xabar olmoqchi

BMT tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko’ra gollivudlik kinoyulduz bu hafta, 3 kunligiga Bangladeshda bo’ladi.

1138973
BMTning ezgu niyat elchisi Angelina Jolie, arakanlik musulmonlar ahvolidan xabar olmoqchi

Oscar mukofati sohibi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining ezgu niyat elchisi Angelina Jolie 1 millionga yaqin arakanlik musulmon jon saqlagan Bangladeshga tashrif buyuradi.   

BMT tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko’ra gollivudlik kinoyulduz bu hafta, 3 kunligiga Bangladeshda bo’ladi.

Jolie mazkur tashrif chog’ida 1.5 yil oldin Myanmadagi qatliomdan qochib, Kokss-Bazardagi Kutupalong muhojirlar lagerida jon saqlagan arakanlik musulmonlarni yo’qlaydi.   

Roppa-rosa 620 mingdan ortiq arakanlik musulmonga quchoq ochgan va dunyodagi eng yirik muhojirlar lageridan biri bo’lgan Kutupalong muhojirlar lagerida Jolie,  arakanlik musulmonlarning insoniy ehtiyojlarini va Bangladesh hukumati duch kelgan “qiyinchiliklarni” o’z o’rnida ko’rish imkoniga ega bo’ladi.

Jolie, tashrifining yakunida Bangladesh poytaxti Dakar shahriga borib u yerda Bosh vazir Shayx Hasina, Tashqi ishlar vaziri AK Abdul Momen va boshqa rasmiylar bilan uchrashadi.

BMTning ezgu niyat elchisi Angelina Jolie uchrashuv chog’ida, “dunyoda eng ko’p zulmga uchragan ozchiliklardan” hisoblangan arakanlik musulmonlar uchun Bangladesh hukumati tomonidan olib borilgan gumanitar yordamlarga BMT yana-da ko’proq, qanday hissa qo’sha olishi masalasini muhokama qiladi.

Aytib o’tish joizki Bangladesh qariyb 1 million arakanlik musulmonga mezbonlik qilmoqda.

Shuningdek, Joliening tashrifining BMT tomonidan arakanlik musulmonlarning eng asosiy ehtiyojlarini qondirish va “ularga martlardek quchoq ochgan” mahalliy xalqning qo’llab-quvvatlanishi uchun boshlatilgan 920 million dollarlik “2019-yilning mushtarak yordam rejasi” arafasida amalga oshirishi e’tiborlarni o’ziga qaratdi.

Jolie, 2015-yili Myanmada va 2016-yili Hindistonda o’z uy-joyidan mahrum qilingan arakanlik musulmonlarning ahvolidan xabar olgandi.

 

 





 



Aloqador xabarlar