Braziliyada to‘g‘on o‘pirilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 99 nafarga yetdi

Minas-Jyerays shtatiga qarashli Brumadinho shahridagi to‘g‘onning o‘pirilishi oqibatida hududda yashovchi taxminan 3000 kishi evakuatsiya qilindi.

1136201
Braziliyada to‘g‘on o‘pirilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 99 nafarga yetdi

Braziliyaning Minas-Jyerays shtatida to‘g‘on o‘pirilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 99 nafarga yetdi. Bedarak yo’qolgan 259 kishi qidirilmoqda. 192 kishi qutqarildi.

Chiqindilar taxminan 13 mln kub metrlik maydonga tarqalgan.

Tog‘-kon kompaniyasida mehnat qilgan 5 muhandis to‘g‘on o‘pirilishi yuzasidan hibsga olingan va 3 nafari qamoqqa olingan edi.

Braziliya hukumati mamlakatdagi barcha to‘g‘onlarning tekshiruvdan o’tkazilishiga buyruq berdi.

Eslatma: Braziliyaning janubi g’arbida joylashgan Minas-Jyerays shtatiga qarashli Brumadinho shahridagi to‘g‘onning o‘pirilishi oqibatida hududda yashovchi taxminan 3000 kishi evakuatsiya qilingandi.

 

 

 



Aloqador xabarlar