Rossiya, AQShning Venesuela davlat neft shirkati PDVSAga sanktsiya qo'yishini tanqid qildi

Rossiya, Amerika qo'shma shtatlarining Venesuela davlat neft shirkati PDVSAga sanktsiya qo'yishini tanqid qildi.

1135132
Rossiya, AQShning Venesuela davlat neft shirkati PDVSAga sanktsiya qo'yishini tanqid qildi

 

Rossiya, Amerika qo'shma shtatlarining (AQSh) Venesuela davlat neft shirkati PDVSAga sanktsiya qo'yishini tanqid qildi.

Kreml voizi Dmitriy Peskov, poytaxt Moskvada bergan bayonotida, Venesuela davlat rahbari Nicolas Maduroning rasmiyligini tan olmagan AQSh boshqaruvining Venesuelaga sanktsiya tatbiq etish qarorini baholadi.

Vashingtonning tez tez iqtisodiy cheklovlar qo'yib turganini ifoda etga Peskov, "Buning noto'g'ri bo'lganini tushunaman. Bu kabi tashabbuslarni adolatsiz bir raqobat manifestori sifatida ko'ramiz. Ushbu sanksiya qonunga zid bo'lib, Venesuelaning ichki ishlariga aralashishdir" deb so'zladi.

AQShning Venesuelaga qaratilgan sanktsiyalari tufayli Rossiya tashlaydigan qadamlarni tushuntigan Pesov, "Albqata xalqaro huquq doirasida manfaatlarimizni muhofaza etamiz. Buning uchun barcha mexanizmlarda foyalanamiz" dedi.

Venesuelaga qarshi harbiy aralashuv e'htimolini esa "qabul qilinmas" deb baholagan Peskov, "buni imo etgan iboralar Venesuelada vaziyatni yana ham yomonlashtiradi" deb mulohaza bildirdi.

 



Aloqador xabarlar