Maduro, AQShning munosabatiga e’tiroz bildirdi

AQSh bilan barcha diplomatik aloqalarini o’tgan hafta uzgan Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro AQShdan qaytgan venesuelalik diplomatlarni Karakasdagi Miraflores saroyida mehmon qildi.

1134977
Maduro, AQShning munosabatiga e’tiroz bildirdi

Prezident Nikolas Maduroning qayd etishicha Amerika Qo'shma Shtatlari Venesuelaning boyliklariga tortib olmoqchi.

AQSh bilan barcha diplomatik aloqalarini o’tgan hafta uzgan Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro AQShdan qaytgan venesuelalik diplomatlarni Karakasdagi Miraflores saroyida mehmon qildi.

Maduro AQShning Venesuelaning PDVSA va Citgo neft-gaz shirkatiga nisbatan kiritgan sanksiyasi haqida, “Bu sanksiya qarori orqali Citgo shirkatini Venesueladan tortib olmoqchi. Bu noqonuniy yo’ldir. PDVSA va Citgo yetakchilariga kerakli protsedurani boshlatishi uchun buyruq berdim. Venesuelaning manfaatini himoya qilishlik uchun AQShga qonuniy ravishda, kerakli javobni beramiz” deya gapirdi.

Maduro, sanksiya qarorlarining o’zini-o’zi, “Venesuelaning vaqtinchalik prezidenti” deb e’lon qilgan Milliy majlis raisi Juan Guaidoning iltimosiga binoan qabul qilinganligini qayd etdi.  

Maduro, AQShdagi venesuelalik diplomatlarining o’rin almashishi uchun pul taklif qilinganligini lekin diplomatlarning bunga yonashmaganliklarini bildirdi.  

Muxolafatani takror muloqat qilishga chaqirgan Maduro, “Mamlakatdagi bir necha muxolafat liderning, Venesuelaning amaldagi vaziyatiga qarshi ekanligini yaxshi bilaman lekin jimjirt o’tirishni davom ettirgudek bo’lsangiz unda siz ham mamlakatda yuz beradigan voqealardan javobgar hisoblanasiz. Shunday ekan vaqt jur’at qilish, to’ntarishga qarshilik ko’rsatish, muammoni muloqat yo’li bilan hal qilish vaqtidir” degan ifodalarga o’rin berdi.  

Maduro, Venesuelaning tarixiy kurash arafasida ekanligiga e’tibor qaratgan holda, “Tarixiy kunlarni boshdan kechiryapmiz. To’ntarish va aralashuv ishlari  XX asrda qolib ketdi. Venesuela esa XX asrga qaytmaydi. U o’zi chizgan demokratik va erkinlik yo’lida ilgarilashni davom ettiradi” deya gapirdi.

Venesuelada nimalar bo’lyapti?

Venesuelada muxolafat va hukumat tarafdorlari tomonidan 23-yanvar chorshanba kuni uyushtirilgan namoyishlar mamlakatda va mintaqada muhim vaziyatlarning yaratilishiga yo’l ochdi.

Ko’pchiligi muxolafatning qo’lidagi Milliy Majlis raisi Guaido, muxolafat uyushtirgan miting chog’ida o’zini-o’zi prezident deb e’lon qildi va u AQSh bosh bo’lish bilan birga Avstraliya, Kanada, Kolumbiya, Peru, Ekvador, Paragvay, Braziliya, Chili, Panama, Argentina, Kosta-Rika va Gvatemala kabi mamlakatlar tomonidan tan olindi.

Meksika, Turkiya, Rossiya, Kuba, Xitoy va Boliviya esa Venesuela prezidenti Maduroning hukumatini qo’llab-quvvatlashlarini takrorlar ekan Maduro ham vaziyatdan keyin AQSh bilan diplomatik va siyosiy aloqalarini uzganligini ma’lum qilgandi. Maduro, keyinchalik bergan bayonotida, ikkala mamlakat o’rtasidagi munosabatlarning tugaganligini lekin savdo hamkorligining davom etishini qayd etgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #PDVSA , #Citgo , #AQSh , #Venesuela , #Juan Guaido , #Nikolas Maduro

Aloqador xabarlar