Afg'onistonda Tolibon a'zolari 6 nafar politsiyaning umriga zomin bo'ldi

Afg’onistonning shimolidagi Balh viloyatining Sholgara tumanida, Tolibon a'zolari 6 nafar politsiyaning umriga zomin bo'ldi

1135218
Afg'onistonda Tolibon a'zolari 6 nafar politsiyaning umriga zomin bo'ldi

Tolibon a’zolari Afg’onistonning shimolidagi Balh viloyatining Sholgara tumanida, politisya uchastkasiga qarshi hujum uyushtirar ekan, oqibatida 6 nafar mahalliy politsiya xodimi jon berdi.

Sholgara Milliy Politsiya idorasi direktori Muhammad Arif mavzu haqida jurnalistlarga bergan bayonotida, terroristlarning, Sholgara tumanining Budana qal’a qishlog’idagi politisya uchastkasiga qarshi hujum qilishi ortidan to’qnashuv kelib chiqqanligini ma’lum qildi.

Hujum oqibatida 6 nafar mahalliy politsiya xodimining jon berganligini ifoda etgan Arif, 3 nafar mahalliy politsiya xodimining ham tan jarohati olganligini o’z so’ziga ilova etdi.

Arif, hujum ortidan kelib chiqqan to’qnashuvda 13 terroristning o’ldirilganligini ham qayd etdi.

Tolibonning iddiosiga ko’ra esa tashkilot hujum oqibatida 2 ta politsiya uchastkasini nazorat ostiga olgan.



Aloqador xabarlar