Maduro, mamlakatdagi to’ntarish tashabbusidan qutilajaklarini qayd etdi

Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro, Turk jurnalistlarga Venesuelada yuz berayotgan vaziyat haqida bayonot berdi.

1134090
Maduro, mamlakatdagi to’ntarish tashabbusidan qutilajaklarini qayd etdi

Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro, mamlakatdagi to’ntarish tashabbusidan qutilajaklarini qayd etdi.

Maduro, Turk jurnalistlarga Venesuelada yuz berayotgan vaziyat haqida bayonot berdi.

Venesuela uchun, demokratiya va mustaqillik uchun tarixiy jarayonni boshdan kechirayotganliklarini belgilab o’tgan Maduro,

“Yuz berayotgan voqealarning Amerika Qo’shma Shtatlari bilan aloqasi mutlaqo bor. Ular bizga hujum qilmoqda va Venesuelani o’zlarining hovlisidek his qiloqda” degan ifodalarga o’rin berdi.

Maduro, Milliy Majlis raisi Juan Guaidoning o’zidan-o’zi Prezidentlik uchun qasamyod qilishining noqonuniy ekanligini ta’kidladi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning mazkur voqealar ustidan shaxsiga qo’ng’iroq qilganligiga to’xtalgan Maduro,

“Hurmatli Erdo'g’an qadriyatlarga e’tibor bergan, jur’atkor bir insondir. Turk xalqining va Prezident Erdo'g’anning yonimizda ekanligiga ishonchimiz komil” deya gapirdi.  

Maduro, mamlakatdagi muammolarni qonun va adolat orqali hal qilajaklarini qayd etdi.

Ba’zi Yevropa davlatlarining muddatidan oldin saylov o’tkazilmagudek bo’lsa unda Guaidoni tan olishlari haqidagi bayonotlariga ham to’xtalgan Maduro, Yevropaning Venesuela borasida hatoga yo’l qo’yganliklarini bildirdi.  

Venesuelada prezidentlik saylovining o’tgan yili o’tkazilganligini va 65 foizlik ovoz bilan saylovda g’alabaga erishganliklarini eslatgan Maduro, Milliy Majlis saylovlarining esa 2020-yili o’tkazilajagini ma’lum qildi.

Maduro, Venesueladagi saylov tizimlarida nihoyatda zamonaviy va milliy kuzatuvchi tizimidan foydalanilganligi haqida gapirdi.  

Yurtining moliyaviy va iqtisodiy bir necha hujum ostida ekanligiga e’tibor qaratgan Maduro, bu yil giper inflyatsiyani yengib o’tajaklarini bildirdi.

 



Aloqador xabarlar