Eronning Xuziston viloyatida bir harbiy va politsiya xodimi o'ldirilgan

Maxshahr hokimi Muhsin Beyravend ma'lum qilishicha, 1 nafar harbiy bilan 1 nafar polistiya xodimi kimligi noma'lum kishilar tomonidan otib ketilgan.

1133522
Eronning Xuziston viloyatida bir harbiy va politsiya xodimi o'ldirilgan

Eronning Xuziston viloyatiga qarashli Maxshahr shahrida 1 nafar harbiy bilan 1 nafar polistiya xodimi o’ldirilgan.

Bu haqda ISNA xabar agentligi xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Maxshahr hokimi Muhsin Beyravend harbiy va politsiya xodimi avtomobilda ketayotganda qurolli hujumga uchraganligini ma’lum qilgan.

Ular voqea joyida halok bo’lishgan.

Aniqlanishicha, Seduka ko’chasida bir avtomobil ichidan turib ularga o’q uzilgan.

Voqea yuzasidan jinoiy ish qo’zg’atilgan. Tergov davom etmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Eron , #qurolli hujum , #Maxshahr , #Xuziston

Aloqador xabarlar