Donald Tramp Xuan Guaydoni Venesuelaning "o’tish davri prezidenti” deb tan oldi

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatning amaldagi rahbari Nikolas Maduroning prezidentligini esa noqonuniy deb atagan.

1132089
Donald Tramp Xuan Guaydoni Venesuelaning "o’tish davri prezidenti” deb tan oldi

AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuelada muxolif parlament - Milliy assambleya rahbari Xuan Guaydoni “o’tish davri prezidenti” deb tan oldi.

U mamlakatning amaldagi rahbari Nikolas Maduroning prezidentligini esa noqonuniy deb atagan.

Tramp Venesueladagi vaziyat haqida mulohazalarini yozma ravishda ma’lum qildi.

“Bugun Venesuelada muxolif parlament - Milliy assambleya rahbari Xuan Guaydoni Venesuelaning “o’tish davri prezidenti” sifatida rasmiy ravishda tan olaman. Venesuela xalqi tomonidan saylangan yagona qonuniy boshqaruv vositasi bo’lgan parlament Nikolas Maduro hukumatini noqonuniy deb e’lon qilish uchun konstitutsiyani ishga soldi va hozirda prezidentlik lavozimi bo’sh turibdi”,-deb yozadi Donald Tramp.

AQShning siyosiy va iqtisodiy kuchini Venesuelada demokratiyani qayta tiklashga sarf qilishini ma’lum qilgan Tramp g’arb mamlakatlari yetakchilarini ham Guaydoni tan olishga chaqirdi.

U Maduro hukumatini mamlakatdagi namoyishlardan mas’ul ekanlikda aybladi.

Guaydoning avvalgi kungi bayonotiga e’tibor qaratgan Tramp: “Shiddat zo’ravonning qurolidir. Bizning yagona maqsadimiz erkin va demokratik Venesuela uchun birdam va kuchli bo’lishdir”,-dedi.

Ohirgi damlarda siyosiy bosim tobora avj olgan mamlakatda dushanba kunidan buyon muxolifat va hukumat tarafdorlari poytaxtning turli ko’chalarida namoyishlar o’tkazmoqda.

Ushbu namoyishlar Mudofaa vazirligi mamlakatda harbiy to‘ntarish amalga oshirishga urinish sodir bo‘lganini e'lon qilishi ortidan boshlanib ketdi.

Karakasda milliy gvardiyaga mansub bir guruh askar 2 kun avval hukumatga qarshi bosh ko’targan edi va videomurojaat orqali xalqni isyonga chaqirgan edi.

Poytaxtning Kotiza dahasida ro’y bergan bu voqeadan so’ng, nazorat kuchaytirilgan edi va isyonchi 27 askar taslim bo’lgan edi.

 

 



Aloqador xabarlar