Rossiya bilan Yaponiya, tinchlik shartnomasiga qo’l qo’yilish masalasini qo’lga oldi

Vladimir Putin, Yaponiya Bosh vaziri Sinzo Abe bilan poytaxt Moskvada o’tkazgan va 3 soat davom etgan uchrashuv ortidan jurnalistlarga bayonot berdi.

1131445
Rossiya bilan Yaponiya, tinchlik shartnomasiga qo’l qo’yilish masalasini qo’lga oldi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Yaponiya bilan tinchlik shartnomasiga qo’l qo’yilishi uchun muhim faoliyatlar olib borilganligini qayd etdi.

Vladimir Putin, Yaponiya Bosh vaziri Sinzo Abe bilan poytaxt Moskvada o’tkazgan va 3 soat davom etgan uchrashuv ortidan jurnalistlarga bayonot berdi.

Abe bilan kontruktiv tusda uchrashuv o’tkazganligini eslatgan Putin,

“Uchrashuvimizda tabiiy olaroq tinchlik shartnomasiga qo’l qo’yilishi masalasini qo’lga oldik. Bu masalaga bugun ancha vaqt harjadik” deya gapirdi.

Rossiyaning Yaponiya bilan, tinchlik shartnomasiga qo’l qo’yishiga qiziqqanligi haqida gapirgan Putin,

“Mamlakatlarimiz o’rtasida tinchlik shartnomasiga qo’l qo’yilishi uchun ancha mexnat qilinmoqda. Bundan maqsad xalqlarimiz tomonidan ham qo’llab-quvvatlanadigan Rossiya va Yaponiya o’rtasidagi munosabatlarni yana-da rivojlantiradigan shatnomaga erishishdir” degan ifodalarga o’rin berdi.

Abe bilan o’tgan yilning noyabr oyida Singapurda ham uchrashuv o’tkazganligini eslatgan Putin,

“Bu uchrashuvda Yaponiya va Sovet ittifoqi tomonidan 1956-yili qo’l qo’yilgan deklaratsiya asosida tinchlik shartnomasi uchun muzokarani davom ettirish haqida qaror qabul qilgandik. Bugungi uchrashuvda ham Rossiya sifatida bunga iliq munosabatda ekjanligimizni yetkazdik” deya gapirdi.

Yaponiya Bosh vaziri Abe esa Rossiya bilan Kuril orollaridagi mushtarak iqtisodiy faoliyatlarning ortishini ifoda etgan holda,

“Shuningdek, mamlakatlarimiz o’rtasidagi hamkorlikni ham rivojlantiramiz. Yaponiya va Sovet ittifoqi tomonidan 1956-yilda qo’l qo’yilgan deklaratsiya asosidagi tinchlik shartnomasi uchun muzokarani jadal ravishda davom ettiramiz. Bu borada fevral oyida vazirlar ishtirokida uchrashuvlar olib boriladi” dedi.  

 

Kuril orollari muammosi

Rossiya bilan Yaponiya Ikkinchi Jahon urushi ortidan ruslarning Kuril orollari, Yaponiyaning esa Shimoliy hududlar deyilgan tuproqlar ustidagi ziddiyat tufayli rasmiy ravishda, tinchlik shartnomasiga qo’l qo’yilmagandi.

Sovet ittifoqi, 1949-yili bosib olgan orollarda yashagan barcha Yaponiya fuqarosini deportatsiya qilgan.

Tinchlik shartnomasiga qo’l qo’yilishi uchun 2014-yilining boshida uyushtirlgan birinchi muzokaralar esa Ukraina muammosi yuzasidan to’xtatilgan.

Yuqorida nomi tilga olingan hudud Tinch okeanidagi Iturup, Kunashiri, Chikotan va Habomai orllaridan iborat.



Aloqador xabarlar