Suriyada, AQShning harbiy konvoyi o’tar chog’ida hujum uyushtirildi

Suriyada, Amerika Qo’shma Shtatlarining harbiy konvoyi o’tar chog’ida hujum uyushtirildi.

1129978
Suriyada, AQShning harbiy konvoyi o’tar chog’ida hujum uyushtirildi

Suriyaning shimoliy-sharqida joylashgan Xasaka viloyatida, Amerika Qo’shma Shtatlarining harbiy konvoyi o’tar chog’ida YPG/PKK terror tashkiloti tomonidan nazorat nuqtasi sifatida foydalanilgan hududda, bomba yuklangan mashina orqali hujum uyushtirildi.

Mahalliy manbaalardan olingan ma’lumotga ko’ra Shaddodiy shahrida, YPG/PKK terror tashkiloti tomonidan nazorat nuqtasi sifatida foydalanilgan maydonda, bomba yuklangan mashina portlatilgan.

AQShning harbiy konvoyi o’tar chog’ida yuz bergan portlash oqibatida bir nafar AQSh askari og’ir tan jarohati olgan.

Shuningdek voqeada YPG/PKK a’zolaridan 7 terrorist o’lgan.

Aytib o’tish joizki o’tgan haftaning chorshanba kuni Manbijda AQSh askarlariga qarshi uyushtirilgan bombali hujumda ham 4 nafar AQSh askari jon bergan edi.

Hujumni, DEASh terror tashkiloti o’z bo’yniga olgan.

 

 



Aloqador xabarlar